Ukraina Oliy Radasi mamlakat bosh prokurori Viktor Shokinni iste’foga chiqarishga ruxsat berdi. Bu haqdagi qaror uchun 289 nafar deputat ovoz berdi. Shokinning iste’fosi bo‘yicha yakuniy qarorni Pyotr Poroshenko qabul qiladi, deya xabar beradi Meduza.
Shokin iste’fo berish niyatida ekanligi fevral oyida ma’lum bo‘ldi. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko uning rahbarligida Bosh prokuratura jamiyat ishonchini qozonolmaganini bildirgandi.
Shokin mazkur lavozimda bir yildan oshiqroq ishlagandi.
Izoh (0)