• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Diniy ulamo Mubashshir Ahmadga nisbatan tergov yakunlanib, ish sudga oshirildi

    Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda diniy ulamoning advokati Ruslan Sodiqov Facebook’dagi sahifasida maʼlum qildi.

    Foto: Facebook / Mubashshir Ahmad
    Foto: Facebook / Mubashshir Ahmad

    Ruslan Sodiqovning yozishicha, Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilgan ulamo Alisher Tursunov qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida joriy yil 10-maydan eʼtiboran qamoqda saqlanmoqda. Dastlabki tergov harakatlari Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.

    “Endilikda jinoyat ishi tamomlanib, sudga oshirilgani bois ustozning advokati sifatida ishga oid baʼzi tafsilotlar, shaxsan o‘zlarining holatlari va munosabatlari haqida qisqacha maʼlumot berishni lozim ko‘rdim”, deb bayonot bergan advokat.

    Ruslan Sodiqov o‘z bayonotida jinoyat ishinng ayrim tafsilotlarini keltirgan. Uning qayd etishicha, 2023-yil 11-avgust kuni Shayxontohur tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Mubashshir Ahmadga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Mazkur moddada diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish jinoyatini sodir etganlik ko‘zda tutilgan.

    Advokatga ko‘ra, ushbu qilmish jinoyat sifatida eʼtirof etilishi uchun oldin ayni shu harakatga maʼmuriy jazo qo‘llanishini taqozo etadi. Qonunchilikka asosan, har qanday diniy mazmundagi material Din ishlari qo‘mitasi xulosasi asosidagina tayorlanishi, saqlanishi va tarqatilishi mumkin. Bu qoida buzilishi dastlab maʼmuriy jazo, undan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

    Mubashshir Ahmad 2023-yilda qo‘mita xulosasini olmasdan o‘zi faoliyat yuritgan “Azon TV” kanalida diniy mazmundagi materialni tarqatgani uchun maʼmuriy jazoga tortilgan. 2023-yilda bu holat takroriy sodir etilgan deb topilib, jinoyat ishi qo‘g‘atilgan.

    “Ustoz bu holatdan xabardor bo‘lmaganlar va Turkiya Respublikasida vaqtincha yashab yurgan davrda ularga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Keyinchalik, 2023-yil 10-noyabr kuni ustoz Mubashshir Ahmadga nisbatan sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llash haqida sudga iltimosnoma kiritilgan. Sudning ayni shu kungi ajrimi bilan iltimosnoma rad qilingan va ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz, munosib xulq-atvordagi tilxat orqali ochiqda qoldirilgan hamda jinoyat ishi harakatdan to‘xtatilgan”, deb yozgan u.

    Advokat bayonoti davomida 2025-yil mayda Mubashshir Ahmad qo‘lga olingani va unga nisbatan Jinoyat kodeksi 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan qo‘shimcha ayblov eʼlon qilinganini qayd etgan. Bu modda tarqatilgan diniy mazmundagi materialning ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganini nazarda tutadi.

    Mubashshir Ahmadga nisbatan ushbu qo‘yilgan ayblovga Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Mubashshir Ahmad” nomli kanalga joylashtirilgan “Ulamolarning Isroilga qarshi jihod fatvosi nimani anglatadi?” nomli videodagi suhbat asos bo‘lgan. Lekin ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarorda ayblov uchun faqat Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi, yaʼni materialning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganini tasdiqlovchi dalil ko‘rsatilgan bo‘lib, jinoyatning zaruriy belgisi – uning maqsadini aks ettiruvchi belgilarga oid hech qanday ekspertiza xulosasi dalil sifatida eʼtirof etilmagan, deb yozgan advokat.

    2025-yil 14-may kuni jinoyat ishining dastlabki tergovi DXX Tergov boshqarmasiga o‘tkazilgan. Tergov jarayonida ulamoning “Azon global” xalqaro mediakanali va ijtimoiy tarmoqdagi boshqa kanallaridagi materiallar tekshirilgan. Natijada ularning faoliyatida O‘zbekistonga qarshi jinoyatlar, tinchlik va xavfsizlikka qarshi og‘ir jinoyatlar sodir etilmagani tasdig‘ini topgan.

    Istisno sifatida Isroilning G‘azoda sodir etayotgan genotsidiga oid berilgan fikrlari va baʼzi boshqa holatlarga oid fikrlarida ekspertiza xulosasiga ko‘ra milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish jinoyati alomati aniqlanib, ayblov Jinoyat kodeksining 156-moddasi 2-qismi bilan to‘ldirildi. Modda sanksiyasiga ko‘ra, ushbu harakat uchun jazo uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan, deb yozgan Ruslan Sodiqov.

    Advokatning qayd etishicha, Mubashshir Ahmad ayblovga nisbatan munosabat bildirib, diniy mazmundagi materialni tarqatish uchun Turkiyada faoliyat ko‘rsatgani uchun O‘zbekistondagi Diniy qo‘mitadan xulosa olishga zarurat yo‘q deb o‘ylaganini aytgan. Ulamolar fatvosini tarjima qilib, tushuntirishi bilan bog‘liq materialda ham ayni shu sababdan xulosa olinmagan.

    Domla material tarqatilishidan ko‘zlangan maqsad sifatida musulmon aholi o‘rtasida fatvo noto‘g‘ri maʼnoda tushunilishining oldini olish, G‘azoda jihod qilish bizga farz bo‘libdi deb, ilgari Suriyaga odamlar ommaviy ko‘chib borishiga o‘xshash vaziyat va oqibatlar yuz berishining oldini olishni ko‘zlaganini bildirgan. Shu bilan birga, fatvoning fuqarolar uchun emasligi, davlat safarbarlik eʼlon qilgan taqdirdagina borish mumkinligini, urush bo‘layotgan hududga fuqarolarning o‘zlari kira olmasligini anglatish, musulmon xalqining totuvligi ko‘zlanganini, davlat xavfsizligi va xalq totuvligini faoliyatida pirovard maqsad sifatida ko‘rishini maʼlum qilgan, deya maʼlumot bergan advokat.

    Ruslan Sodiqov bayonotida Mubashshir Ahmadga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarning baʼzi qismlariga eʼtirozlar borligini bildirgan.

    Maʼlumot uchun, Mubashshir Ahmad 2025-yil fevralda O‘zbekiston IIV tomonidan xalqaro qidiruvga berilgandi. Keyin 2025-yil 8-mayda Turkiyaning Istanbul shahridagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan, 10-may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

    Ulamo 2023-yil avgust oyida 2017-yilda tashkil etgan Azon New Media guruhi (Azon.uz sayti, “Azon FM” onlayn radiosi, “Azon TV” onlayn televideniyesi) barcha loyihalarini to‘xtatgandi. Shundan so‘ng, 2023-yil noyabrida to‘rt tilda (o‘zbek, rus, ingliz va turk) faoliyat yurituvchi Azon Global portali test rejimida ishga tushirilgan.

    24 iyul, 19:30   Izoh (0)   4618
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.