Rossiyada politsiya xodimlari kasaba uyushmasi rahbari Mixail Pashkin “RSN” radiosiga bergan intervyusida ichki ishlar vazirligiga Pavel Durovdan Telegram messenjerini sotib olishni yoki muloqot uchun o‘zining ishonchli vositasini yaratishni taklif qildi, deb yozadi TJournal. Pashkinning so‘zlariga ko‘ra, IIVning xizmat tizimlari juda zaif.
“Politsiyachilar uchun messenjerlar — tezkorlik bilan axborot almashish uchun yagona usul, demak, ular messenjerlardan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni to‘liq ijro eta olmaydi”, — dedi Pashkin.
Nashr eslatishicha, avvalroq Moskva politsiyachilariga Telegram, Viber, WhatsApp va Skype orqali xizmat ma’lumotlari bilan bo‘lishish, shuningdek, Instagram, Twitter, Facebook, “VKontakte” va “Odnoklassniki” orqali ish bilan bog‘liq har qanday ma’lumotlarni yuborish taqiqlangani xabar berilgan edi. Taqiq Gmail.com, Mail.ru va Rambler.ru’dagi elektron pochta qutilariga ham taalluqli. Endi Moskva IIV xodimlari faqat muassasaning rasmiy elektron pochtasidan foydalanishi mumkin.
Izoh (0)