28-mart, dushanba kuni Kaliningradga tekshiruv bilan kelgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu samolyoti Baltika dengizi neytral suvlari ustida parvoz etayotganda unga Rossiya dengiz aviatsiyasining Su-27 qiruvchilari hamrohlik qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Rossiya samolyotlarini taxminan ikki kilometr masofada NATOning Eurofighter Typhoon qiruvchilari kuzatib bordi. Ular mudofaa vazirining havo kemasiga yaqinlashmagani aytilmoqda.
Shoygu Kaliningradga viloyat hududida joylashgan harbiy qismlarda infratuzilma qurilishining borishi va jangovar tayyorgarlik holatini tekshirish uchun keldi. Shuningdek, vazir tashrif davomida Chkalovsk harbiy aerodromida rekonstruksiya ishlarining borishi, Ushakov nomidagi Baltika harbiy-dengiz institutida o‘qish jarayoni bilan tanishuvi ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, NATO qiruvchilari Rossiya samolyotlarini alyans mamlakatlari chegarasi yaqinida kuzatib borish uchun muntazam ravishda havoga ko‘tariladi.
Izoh (0)