Rossiya Harbiy-koinot kuchlari (HKK) Suriya qo‘shinlariga yordam berishda davom etadi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Prezident Putin kontingentimizning salmoqli qismi Suriyadan olib chiqilganidan so‘ng ham ikkita vaqtinchalik joylashuv bazalarida qolayotgan HKK bo‘linmalari terrorchi guruhlarga qarshi kurash va Suriya armiyasi hujumlariga ko‘mak berishda davom etishini ko‘p bor ta’kidlagandi.
Rossiya HKKning samarali operatsiyalari tufayli Suriya qurolli kuchlarining hujumkor, jangovar va emotsional salohiyatini tiklashga muvaffaq bo‘lindi. Bu esa ularning ishonchli ravishda oldinga qadam bosishiga imkon bermoqda”, — deya ta’kidlagan Peskov.
Izoh (0)