AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 14 nafar ayol, jumladan, bir yil avval o‘ldirilgan rossiyalik siyosatchi Boris Nemsovning qizi Janna Nemsovaga xalqaro mukofot topshiradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Davlat departamenti 2007-yildan beri mazkur mukofotni “Tinchlik, adolat, inson huquqlari va jinslar tengligini qo‘llab-quvvatlashdagi jasorati va yetakchiligi uchun” taqdim etib keladi. Shu paytga qadar unga 60 mamlakatdan 100 ga yaqin ayol sazovor bo‘lgan.
Taqdirlash marosimi 29-mart, seshanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)