AQSh xalqaro tashkilotlarga Yevropaga kelayotgan qochoqlarga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 20 million dollar ajratadi, deya xabar bermoqda “TASS” Davlat departamenti matbuot xizmatiga tayanib.
Ushbu mablag‘ BMTning Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi (17,5 million dollar), BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (500 ming dollar) va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (2 million dollar) hisobiga o‘tkaziladi.
Shu tariqa, AQShning migratsiya inqiroziga qarshi kurash uchun qo‘shgan umumiy hissasi ushbu vaziyat o‘tgan yili yuzaga kelganidan buyon 44 million dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)