Amerikalik harbiy xizmatchi Qobuldan 50 km masofada joylashgan Bagram aviabazasi yaqinida voyaga yetmagan Afg‘oniston fuqarosini otib qo‘ydi, deb yozadi “TASS” AP’ga tayanib.
AQSh qurolli kuchlari askari kuzatuv minorasida turib, qo‘lida avtomatga o‘xshash narsa ko‘tarib kelayotgan bolani ko‘rgan. Harbiy xizmatchi ogohlantirgan, so‘ng o‘t ochgan. Qurbonning aniq yoshi keltirilmayapti.
Hodisadan so‘ng aviabaza yaqinida norozilik namoyishi uyushtirildi, ammo mahalliy hukumat olomonga voqea tafsilotlarini tushuntirgach, ular tarqaldi. Ayni paytda Afg‘oniston tomonida ham, Amerika tomonida ham tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)