Yamanda jangovar harakatlar avj olgandan beri o‘tgan bir yil mobaynida salkam 9 ming kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Rupert Kolvill ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Mojaro boshlangandan beri o‘tgan bir yil davomida BMTning inson huquqlari bo‘yicha ofisi salkam 9 ming kishi, jumladan, 3218 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lganini qayd etdi. Yana 5778 kishi yaralandi. Mazkur raqamlar 2015-yil 26-martidan joriy yil 17-martigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi”.
Matbuot kotibining bildirishicha, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya qurbonlarning yarmidan ortig‘i uchun javobgardir.
Izoh (0)