Kurdlarning “Kurdiston ozodligi qarchig‘aylari” guruhi Anqarada 13-mart kuni sodir etilgan terakt yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bayonot matni ushbu tashkilot saytida e’lon qilindi.
Ushbu guruh jangarilari Anqaradagi 17-fevraldagi teraktlarni ham tashkillashtirgan edi, o‘shanda 28 kishi halok bo‘lgan, 80 dan ziyod odam jabrlangan edi.
Turkiya poytaxtidagi portlash 13-mart, yakshanba kuni sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida 37 kishi qurbon bo‘ldi, 120 dan ortiq kishi yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya poytaxtidagi 37 kishining umriga zomin bo‘lgan portlashni 24 yoshli terrorchi-xudkush ayol amalga oshirgani xabar berildi.
Izoh (0)