Meldoniy bilan bog‘liq doping mojarosidan so‘ng Rossiya Davlat dumasida ushbu doriga talab keskin oshib ketdi. Bu haqda duma binosida joylashgan dorixona xodimasi ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.
“Oldinlari bu doridan atigi bir quti buyurtma qilardik, hozir bo‘lsa olib kelishga ulgurmayapmiz. Meldoniyni ko‘pincha yurak—qon-tomir kasalliklari bilan bog‘liq muammolar, masalan, insultning oldini olish uchun so‘rashmoqda”, — deya hikoya qilgan ayol.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq rossiyalik tennischi Mariya Sharapova meldoniy qabul qilgani tufayli barcha musobaqalardan chetlatilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)