AQSh modernizatsiya qilingan eng zamonaviy W88 termoyadroli jangovar kallak sinovini o‘tkazdi. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi qoshidagi yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
W88 jangovar zaryadlari dengizdan uchiriladigan Trident II raketalariga o‘rnatilgan. Sinov chog‘ida Gavayi yaqinidagi Tinch okeani poligonida joylashgan “Kentukki” suvosti kreyseridan yadro zaryadiga ega bo‘lmagan jangovar kallakli raketa uchirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, sinov aslida o‘tgan yilning 7-noyabrida o‘tkazilgan, biroq bu haqda endi oshkor qilinmoqda. Modernizatsiya qilingan jangovar kallakning hisob bo‘yicha to‘rtinchi sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani bildirilmoqda.
Izoh (0)