Samarqand shahrida 17-mart, payshanba kuni qor yog‘di. Bu haqda Facebook foydalanuvchilari xabar qoldirgan.
“O‘zgidromet” 17-mart kuni qariyb butun O‘zbekistonda, xususan, Samarqand viloyatida ham yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkinligi haqida axborot bergandi.
So‘nggi bir necha kundan beri mamlakat bo‘ylab kuzatilayotgan yog‘ingarchilik, “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 18-mart kuni ham davom etadi.
Qayd etish joiz, 2016-yilning yanvar va fevral oylari nisbatan iliq kelgan, xususan, Samarqand shahrida ham havo haroratining iliqligi bo‘yicha bir necha kunlarning tarixiy rekordlari yangilangan edi.
Izoh (0)