Qozog‘istonning Qo‘stanoy viloyati fuqarosi sudda o‘n yilcha avvalroq o‘lib ketmaganini, balki tirik ekanligini isbotlashiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi “Interfaks” viloyat sudi matbuot xizmatiga tayanib.
“Qo‘stanoy shahar sudiga 45 yoshli erkak o‘lim haqidagi fuqarolik holati dalolatnomasi qaydini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qildi. 2003-yilda erkak Qo‘stanoy shahar kasalxonasida yotgan, u yerdan chiqqach, nogironlikni belgilashga yo‘naltirilgan. Oradan 12 yil o‘tib, 2015-yilda erkak Aholiga xizmat ko‘rsatish markaziga Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni almashtirish uchun murojaat qilgan. Shunda u 2003-yildan buyon o‘lgan deb hisoblanib kelishidan xabar topdi”, — deyiladi xabarda.
Qo‘stanoy hokimi apparatining FHDYo bo‘limi sud ruxsatisiz hujjatlashtirish va aholini ro‘yxatdan o‘tkazish registratsiya punkti bazasiga tuzatish kiritishdan bosh tortgach, erkak ariza bilan sudga murojaat qildi.
Sudda so‘roq qilingan guvohlar fuqaroning shaxsini tasdiqladi. Bundan tashqari, fuqarolik ishi materiallariga arizago‘y shuncha vaqtdan buyon tirik bo‘lib, ishlagani, pensiya jamg‘armasiga ajratmalar o‘tkazgani haqidagi yozma dalillar ilova qilingan.
Izoh (0)