NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya qo‘shinlarining asosiy qismi Suriyadan olib chiqilishini ma’qulladi. Bu haqda u Associated Press agentligiga ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Biz Suriyadagi keskinlikni pasaytirishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatni ma’qullashga tayyormiz. Biroq Rossiyaning bu qadami qanday oqibatlarga olib kelishi haqida gapirishga hali erta”, — deya ta’kidlagan ayni paytda Afg‘onistonda bo‘lib turgan Stoltenberg.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning asosiy harbiy kuchlari Suriya hududidan chiqib ketishiga qaramay, maslahatchilar hamda qurollanish bo‘yicha mutaxassislar, jami mingga yaqin harbiy mamlakatda qolib, Suriya armiyasiga harbiy va harbiy-texnik yordam ko‘rsatishda davom etishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)