Mehriddin Abdullayev Buxoro viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bungacha u bir yil davomida O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori, undan avvalroq esa — 2012-yildan — moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)