AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lishga da’vogar Marko Rubio saylovoldi kompaniyasini yakunladi. Rubio bu haqda o‘zi senator bo‘lgan Florida shtatidagi praymerizda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Senator tarafdorlari oldidagi chiqishida “2016-yili prezident bo‘la olmasligi, umuman, Yaratganning istagi bo‘lmasa, mamlakatni hech qachon boshqarmasligi”ni bildirdi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar kelajagiga optimistlik bilan qarashini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp Florida shtatidagi dastlabki saylovda Marko Rubiodan 18 foizga o‘zib ketib, g‘alabaga erishgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)