Belarus davlat xavfsizligi qo‘mitasi prezident Aleksandr Lukashenkoga yaqin sanalgan “Traypl” kompaniyalar guruhi egasi Yuriy Chijning qo‘lga olinganini rasman tasdiqladi. Biznesmen o‘ta yirik miqdorda soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Qo‘mita matbuot xizmati rahbari Dmitriy Pobyarjinning bildirishicha, Chij bilan birgalikda jinoyatga sheriklikda gumon qilinayotgan yana bir necha kishi hibsga olingan. Ular ayni paytda qo‘mita tergov izolyatorida saqlanmoqda. Qo‘lga olinganlarga nisbatan kechiktirib bo‘lmas tergov harakatlari va zarur tezkor-tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)