AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Edvard Snouden yaqin orada AQShga qaytishi amri mahol. Bunday fikrni uning rossiyalik advokati Anatoliy Kucherena aytib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Edvard — Amerikaning, o‘z mamlakatining vatanparvari, u o‘z vatanini sevadi va albatta u yerga qaytib borishni istaydi — bu tabiiy. Ammo Amerika hukumati va mahalliy atoqli siyosatchilarning pozitsiyasi hamda unga qarata aytilayotgan asossiz ayblovlarni hisobga olgan holda, u o‘z mamlakatida xolis sud qilinishiga umid qilmasa ham bo‘ladi”, — dedi Kucherena.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlar — Donald Tramp va Hillari Klinton ham saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Edvardni turli jinoyatlarda asossiz ravishda ayblamoqda va Rossiyadan uni qaytarishni talab qilmoqda, bu ham Snoudenning o‘z vataniga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Avvalroq qator OAVlar qochoq amerikalik AQShga qaytishga tayyorligini ma’lum qilgani haqida xabar tarqatgan edi.
Izoh (0)