Rossiyaning Vladivostok shahrida politsiya qo‘riqlash bo‘limi xodimlariga qurolli qarshilik ko‘rsatgan kimsa otib o‘ldirildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
IIV Primorye o‘lkasi boshqarmasida ma’lum qilinishicha, bo‘lim xodimlari Vladivostokdagi uylardan birida xavf-xatar signalizatsiyasi ishlab ketganidan so‘ng yetib borgan. Bu yerda bo‘lgan erkak politsiyachilarni ko‘rib, ularga to‘pponchadan o‘q otgan. Politsiyachilar havoga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzgan, bu naf bermagach, erkak otib o‘ldirilgan.
Mazkur holat bo‘yicha tergov idoralari tekshiruvni boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya xodimlari tomonidan qurol qo‘llanilishi qonuniy, deb topilgan.
Izoh (0)