Argentina hukumati Kanadaning Barrick Gold tog‘-kon kompaniyasiga San-Xuan provinsiyasida sianid sirqib chiqib ketgani uchun 145,7 million Argentina pesosi (9,48 million dollar) miqdorida jarima soldi, deb yozadi “TASS” mintaqa gubernatoriga tayanib.
Uning aytishicha, ushbu mablag‘ tog‘-kon korxonalari ustidan nazorat tizimini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
Barrick Gold, o‘z navbatida hodisa yuzasidan afsus bildirdi, ammo sianidning sirqib chiqib ketishi odamlar sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmaganini ta’kidladi.
Barrick Gold ish olib borayotgan “Veladero” konida 1 million litrga yaqin sianid 2015-yil 12-sentabrda oqib chiqqan edi.
Izoh (0)