Shu yil 3-martidan beri Meksikada gripp va uning asoratlaridan 84 kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shu tariqa mamlakatda 2015-yil oktabridan boshlab grippdan qazo qilganlar soni 182 kishiga yetdi, cho‘chqa grippi tufayli esa oktabrdan beri 140 kishi vafot etgan. Grippning turli ko‘rinishlariga chalinganlarning umumiy soni 5,9 ming kishini tashkil etmoqda, bir hafta mobaynida o‘sish salkam 1,8 ming kishiga yetgan. Virus ko‘proq Mexiko, Xalisko, Tlaskala va Puebla shtatlari, shuningdek, mamlakat poytaxti aholisi orasida kuzatilgan.
Oldinroq rasmiylar gripp xuruji tufayli maktablarni yopishning hozircha hojati yo‘qligini bildirgandi. Shu bilan birga, ko‘plab xususiy bolalar bog‘chalari va maktablar mashg‘ulotlarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Izoh (0)