Qozog‘istonning Olmaota viloyatida ichki GPS-navigatorga ega bolalar kiyimlarining yangi liniyasi chiqarildi, deya xabar bermoqda “24.kz”. Tikuvchilik korxonasi ushbu innovatsion yangilik ota-onalarga ma’qul kelishiga ishonchi komil.
“Bunday g‘oya biz o‘tgan yili favqulodda vaziyatlar vazirligining tezkor-qutqaruv jamoasiga kiyim tikib berib, ularga GPS-navigatorlar o‘rnatganimizdan keyin keldi. Shundan so‘ng bolalar kiyimlarini ham bunday navigator bilan ta’minlash haqida o‘ylab ko‘rdik”, — dedi sex boshlig‘i.
Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har yili besh yuzga yaqin kishi bedarak yo‘qoladi. Ular orasida ko‘pincha bolalar ham bo‘ladi. Ba’zilarni qidirib topish uddasidan chiqa olishmaydi. Bunday statistika Issiq shahridagi ushbu tadbirkorni GPS-navigatorli bolalar kiyimlarini yaratishga undadi.
Izoh (0)