Samarqandda shahar ko‘chalarini obodonlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlar boshlandi, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”. Ayni paytda ikkita markaziy avtomagistral uchastkalarida faol ishlar olib borilmoqda.
“Tasdiqlangan loyihaga muvofiq, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining 600 metrli qismida kapital rekonstruksiya boshlandi”, — dedi “Samyo‘lloyiha” MChJ bosh mutaxassisi Bahrom Abdurahmonov. Uning aytishicha, belgilangan barcha ishlar yakunlangach, bu bezakli panjara bilan ajratilgan olti polosali avtotrassaga aylanadi. Ushbu hududda joylashgan savdo-maishiy va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar dizayni milliy va zamonaviy me’morchilik talablariga muvofiq yangilanadi. Yo‘lning piyodalar yuradigan qismi esa landshaft dizayni qoidalariga ko‘ra bezatiladi.
Bunday ishlar O‘zbekiston ko‘chasini Universitet xiyoboni halqasi bilan bog‘lovchi ko‘chada ham amalga oshirilmoqda. Loyiha amalga oshirilgach, bu yerda ikki tomonlama harakatga ega zamonaviy tezkor magistral paydo bo‘ladi.
Izoh (0)