O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-martdagi qaroriga asosan Odilxon Rustamov “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Odilxon Rustamov 1993-yildan soliq tizimida faoliyat yuritib kelgan. 2001—2005-yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2005—2009-yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
2009-yil mart oyidan beri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Odilxon Rustamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-avgustdagi farmoniga muvofiq “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi qarori bilan Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi tugatilib, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tashkil qilingani haqida xabar berilgandi.