3-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Xitoy gazetasi “Qamchiq” tunnelini qurish bilan bog‘liq qiyinchiliklar haqida yozdi. Vaziyatni murakkablashtirgan asosiy omil tunnelning yetti turdagi geologik yoriqlardan o‘tgani bo‘ldi.
2. AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalari yana bir yilga uzaytirildi. Kremldagilar esa AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirgani yuzasidan afsusda ekanligini bildirdi.
3. Mozambik qirg‘og‘ida Boeing 777 samolyoti bo‘lagi topildi. Bu Malaysia Airlines aviakompaniyasining 2014-yil martida sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan samolyoti qoldig‘i bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
4. Toshkentda Koreya fan va texnologiyalar institutining filiali ochilishi mumkin. Filialda moliya va iqtisodiyot fakultetlari bo‘lishi mumkin.
5. Xonanda Tamila yana to‘ylarga chiqa boshladi. Xabar berishlaricha, Toshkentdagi bitta to‘yga borishi bahosi 1,5 million so‘mni tashkil etmoqda.