“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi shu yil iyulidan Pokistonning Lahor shahriga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2016-yilning 20-iyulidan Lahorga doimiy yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishni boshlaydi.
“Parvozlar haftasiga ikki marta, chorshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Toshkent — Lahor yo‘nalishidagi parvozlar 2014-yilda to‘xtatilgan edi.