Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Angren—Pop temiryo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida tunnel qurish bo‘yicha ishlar yakunlanishiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deya xabar bermoqda UZ24.
Maqolada asosiy e’tibor loyihaning murakkab jihatlariga qaratildi. Muammolardan biri tez-tez kuzatilgan o‘pirilishlar bo‘ldi. Xitoylik mutaxassislar tomonidan tunnel qurilishi davomida bunday holatlardan 3 mingdan ortig‘i qayd etildi. O‘pirilishlar natijasida kimdir jabr ko‘rgani yoki yo‘qligi haqida ma’lum qilinmadi.
Vaziyatni murakkablashtirgan asosiy omil tunnelning yetti turdagi geologik yoriqlardan o‘tgani bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angren—Pop temiryo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida xitoylik hamkorlar tomonidan qurilgan tunnelning biriktirish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.