Bugun, 3-mart kuni Namangan viloyati hududida 2 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 04:19 da sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Pop tumanidan janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 6,5 km uzoqlikda joylashgan. Zilzilaning boshqa viloyatlarda sezilganligi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Namangan viloyati hududida 27-fevral kuni ham 1,9 magnitudali yer qimirlashi yuz bergan edi.