Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlar elchilari va Norvegiya elchisi Boris Nemsov o‘ldirib ketilgan joyga gullar qo‘ydi hamda ushbu jinoyat tashkilotchilari va ijrochilarini javobgarlikka tortishni talab qildi, deb yozadi Meduza.
“Biz, Yevroittifoqning 28 davlati va Norvegiya elchilari, bugun Boris Nemsovning xotirasi sharafiga bu yerga keldik va shu tariqa, ushbu jinoyatni tashkil qilgan va ijro etganlar javobgarlikka tortilishi zarurligiga e’tiborni qaratmoqchimiz”, — dedi Yevroittifoqning Moskvadagi vakolatxonasi rahbari Vigaudas Ushatskas.
Izoh (0)