Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi Kimpxo aeroportida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Nobud bo‘lgan ikki kishi ham samolyot bortida bo‘lgani, ulardan biri uchuvchi ekanligi aytilmoqda. Boshqa jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Aeroport odatiy tartibda ishlashda davom etmoqda, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)