Saudiya Arabistoni sudi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan dahriylik ruhidagi fikrlari uchun mamlakat fuqarosini 10 yillik qamoq jazosi, 20 ming riyol jarima va 2 ming darra urishga hukm qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ismi oshkor etilmagan 28 yoshli yigit dahriy ekanligini tan olgan va buning uchun tavba-tazarru qilishdan bosh tortgan. Barcha yozganlari esa bildirishga haqqi bo‘lgan qarashlarini aks ettirishini ma’lum qilgan.
Al-Watan nashrining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar monitoringi uchun mas’ul bo‘lgan diniy politsiya Twitter’da dinga qarshi mazmundagi 600 dan ziyod tvitlarni aniqlagan.
Izoh (0)