Jahon hamjamiyati Zika bezgagi avj olishiga Ebola virusi keltirib chiqaradigan kasallik epidemiyasidan ko‘ra samaraliroq e’tibor qarata oldi. Bunday fikrni Amerikaning Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
Uning fikricha, Zika bezgagi tezkorlik bilan tarqalishi dunyoni gangitib qo‘ygan.
“Bu yana bir fojia, — dedi u. — Tibbiy texnologiyalar taraqqiyoti yordam berishi mumkin, ammo bu, biz istasak-da, bir kechada bo‘ladigan narsa emas”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu safar dunyo Ebola virusi epidemiyasi bilan bog‘liq holatdagidan ko‘ra ancha tezkorlik bilan reaksiya ko‘rsata oldi, xususan, olimlar o‘z kuchlarini birlashtira oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hududiga Zika virusining keltirilishi bilan bog‘liq birinchi holat qayd qilingani xabar berilgan edi.
Izoh (0)