Fransiyada YuKOS ishi bo‘yicha Gaagadagi hakamlik sudi qaroriga ko‘ra 1 milliard yevro miqdoridagi Rossiya aktivlari hatlandi. Bu haqda kompaniyaning sobiq majoritar aksiyadorlari ma’lum qilgan, deya xabar beradi Meduza.
Jumladan, “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi, “Goszagransobstvennost” federal davlat unitar korxonasi, Eutelsat kompaniyasining “Kosmicheskaya svyaz” federal davlat unitar korxonasi oldidagi qarzdorligi, shuningdek, ushbu korxona nazorat qiladigan Eutelsat aksiyalari, Arianespace va Air France kompaniyalarining rossiyalik kontragentlarga to‘lovlari ham hatlangan.
2014-yil iyunida Gaagadagi arbitraj sudi Rossiyadan YuKOS aksiyadorlariga 50 milliard dollar tovon to‘lashni talab qilgan, biroq Rossiya rasmiylari bundan bosh tortgandi.
Izoh (0)