Tunisda favqulodda vaziyat rejimi yana bir oyga uzaytirildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” mamlakat hukumati qaroriga tayanib. Bu haqda hukumat Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Prezident favqulodda holat rejimini 2016-yil 22-fevraldan boshlab yana bir oyga uzaytirishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.
Ayni paytda Tunisning turli provinsiyalarida kontrterroristik operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Mamlakat prezidenti Beji Kaid es-Sebsi favqulodda holat rejimini 2015-yil 24-noyabrda — prezidentning qo‘riqchilari ketayotgan avtobus portlatib yuborilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgach, joriy qilgan edi. Keyinroq u 24-fevralga qadar uzaytirilgan edi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Tunis prezidenti teraktlardan xavfsirayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)