Venesuela prezidenti Nikolas Maduro milliy valyuta 37 foizga devalvatsiya qilinishi va benzin narxi oshirilishini e’lon qildi. Mazkur choralar buhronga yuz tutgan mamlakat iqtisodiyotini jonlantirish uchun qabul qilingani bildirilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Milliy valyuta bir AQSh dollari uchun 6,3 dan 10 bolivargacha tushdi. Shu paytgacha dunyodagi eng arzon bahoda bo‘lgan benzin narxi 20 yil davomida birinchi marta qimmatlashdi. 91 oktanli benzin 0,07 dan 1 bolivarga, 95 oktanli benzin esa 0,097 dan 6 bolivargacha ko‘tarilgan. Rasmiylar bu orqali yiliga 800 million dollar tejab qolishni ko‘zlamoqda.
Bank of America ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuelaning neft eksportidan oladigan daromadi oxirgi uch yil mobaynida 97 milliarddan 37 milliard dollargacha kamaygan.
Izoh (0)