Buyuk Britaniyaning UK Oil and Gas Investments (UKOG) kompaniyasi qazish bilan shug‘ullanayotgan London yaqinidagi Xors-Xill-1 qudug‘ida ilk bor barqaror neft oqimi kuzatildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Kompaniya tomonidan tarqatilgan press-relizda ta’kidlanishicha, neft 900 metr chuqurlikdan o‘z bosimi bilan chiqmoqda. Sinovlar chog‘ida sutkasiga 463 barrel neft chiqarib olingan.
Londonning Gatvik aeroporti yaqinida neft koni aniqlangani haqida 2015-yil bahorida ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda bu yerdagi neft zaxiralari 50 —100 milliard barrel deb taxmin qilingan, UKOG rahbariyati esa 2030-yilga kelib, Buyuk Britaniyaning neftga bo‘lgan ehtiyojini 15 foizigacha qondira olishini bildirgandi.
Schlumbepger kompaniyasi keyinchalik mazkur hududdagi zaxiralarni 10,9 milliard barrel deb baholadi.
Izoh (0)