Shvetsiya poytaxti Stokgolm janubi-g‘arbidagi Butshirka kommunasida joylashgan turk madaniy markazi binosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 17-fevral, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 21:35 da ro‘y bergan. Butshirkadagi turk madaniy assotsiatsiyasi rahbari bino ichki tomonidan jiddiy shikastlangani, barcha oynalar singanini nazarda tutib, bunga portlovchi qurilma sabab bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Politsiya yaqin atrofdagi hududni qurshab olgan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya poytaxti Anqarada portlash ro‘y bergani, buning oqibatida 28 kishi nobud bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)