• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda qurilayotgan yangi turar-joy majmualari: nima, qayerda, qachon, necha pul?

    O‘zbekiston poytaxtida yangi turar-joy majmualari qurilib, foydalanishga topshirilishi so‘nggi yillarda odatiy holga aylandi. Shaharning deyarli har bir tumanida bunyod etilgan va etilayotgan yangi, zamonaviy va ko‘rkam ko‘p qavatli uylarni ko‘rib, beixtiyor undagi xonadonlardan birini sotib olish istagi tug‘iladi.

    “Uybor.uz” bilan hamkorlikda hozirgi kunda Toshkent shahrida eng ommabop bo‘lgan yangi inshootlar haqidagi ma’lumotlarni Sizga taqdim etamiz.

    Hozirgi vaqtda Bauraum Group, Murad Buildings, Art Build Plus, Dolores Asia Tours, Semurg Business Invest, Inshoat tamir qurilish loyiha, New Light Invest, Lotus Gaz Invest, Golden House Development kabi kompaniyalar Toshkent shahrida ko‘p qavatli turar-joy majmualarini qurish, foydalanishga topshirish va sotish bilan shug‘ullanmoqda.

    Bauraum Group

    Foto: “Uybor.uz”
    Olmazor tumanida ko‘p qavatli 15 ta uydan iborat “Qorasaroy” turar-joy majmuasi qurilishi davom etmoqda. Har biri yetti qavatli dastlabki besh bino 2016-yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshiriladi. Xonadonlar kvadraturasi xonalar soniga qarab (majmuadan bir xonalikdan to‘rt xonalikkacha kvartiralar bor) 57 kvadrat metrdan 136 metrga qadar o‘zgarib boradi. Narxi esa, xonadon joylashgan qavatdan kelib chiqqan holda, bir kvadrat metri uchun 3,6 million so‘mdan 4,2 million so‘mgacha farqlanadi. Alohida qozonxonadan isitiladigan, bolalar maydonchalari bo‘lgan, ochiq va alohida ko‘p qavatli avtoturargohi mavjud mazkur majmua xonadonlarini 10 yilga ipotekaga sotib olish mumkin. Tafsilotlar.

    Art Build Plus

    Foto: “Uybor.uz”
    Qoraqamishdagi “A’lo” restorani yaqinida qad ko‘targan sakkiz qavatli yangi turar-joy majmuasi foydalanishga topshirilish arafasida. Hozirgi vaqtda majmuadagi xonadonlar olti oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ham sotilmoqda — dastlab pulning 50 foizini to‘laysiz, qolgan 50 foizini olti oy davomida ortiqcha foizlarsiz va narx o‘zgarishlarisiz to‘lab borasiz. Xonadonlar kvadraturasi 42,3 kvadrat metrdan 114 kvadrat metrgacha bo‘lib, 2-qavatdagi xonadonlarning bir kvadrat metri 4 million so‘mdan, 8-qavatdagilari esa 2,5 million so‘mdan. Tafsilotlar.

    Dolores Asia Tours

    Foto: “Uybor.uz”
    “Kamolon” turar-joy majmuasi Bunyodkor shoh ko‘chasi yoqasida, tarixiy Kamolon mahallasiga yondosh hududda joylashgan. Yerostidagi qolgan ikki qavatni ham qo‘shib hisoblaganda to‘qqiz qavatdan iborat majmuada atigi 28 ta — 14 ta 3 xonalik (har biri 110 kvadrat metr) va 14 ta 4 xonalik (har biri 150 kvadrat metr) xonadon bor. O‘zbek oilalari serfarzand bo‘lishini hisobga olib, majmuadagi 3 va 4 xonali kvartiralarni bitta — umumiy maydoni 260 kvadrat metr bo‘lgan 7 xonalik “hovli”ga aylantirish imkoni bor. Quruvchi kompaniya chegirmalar e’lon qilgan, qurilish ishlari yakuniga yetganidan so‘ng kreditga sotish masalasi hal qilinishi kutilmoqda. Tafsilotlar.

    Inshoat tamir qurilish loyiha

    Foto: “Uybor.uz”
    Yakkasaroy tumanida qurilgan “Mechta” (“Orzu”) turar-joy majmuasida nafaqat 1—3 xonalik xonadonlar, balki 3, 5 va 7 xonali boloxona uy (qiya shipli boloxona)lar ham bor. Xonadonlar ancha katta — bir xonali uylar maydoni 61 kvadrat metr bo‘lsa, uch xonali xonadon 123 metr kvadratdan iborat. Bank bilan kelishgan holda, xonadonlarni kreditga sotib olish mumkin. Tafsilotlar.

    New Light Invest

    Foto: “Uybor.uz”
    Shahardagi o‘ziga xos loyihalardan biri — har birining maydoni 300 kvadrat metr bo‘lgan 17 ta ikki qavatli kottej. Xonadon egasi ixtiyorida 1,5 sotix yer maydoni ham bo‘ladi. Beshyog‘ochda joylashgan “Poytaxt” majmuasi kottejlarini pul o‘tkazish yo‘li bilan ham, bank orqali kredit rasmiylashtirish yo‘li bilan ham sotib olish mumkin. Majmuadagi narxlar oydan oyga o‘sishi kutilmoqda — fevral oyida kottejlarning bir kvadrat metri 6,72 million so‘m bo‘lsa, may oyida 8,4 million so‘mdan sotilishi ko‘zda tutilgan. Tafsilotlar.

    Lotus Gaz Invest

    Chilonzor 31-mavzedagi majmua.

    Chilonzor 31-mavzedagi majmua.
    Foto: “Uybor.uz”
    Kompaniya tomonidan Toshkentning ikki hududida — Chilonzor 31-mavze (Uchtepa tumani)da hamda Yashnobod tumanidagi “Ummon” restorani yaqinida to‘qqiz qavatli turar-joy majmualari qurilmoqda. Yashnoboddagi qurilish mart oyida yakuniga yetsa, Uchtepadagi bino sentabr oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Har ikkala binoning birinchi qavatida supermarket faoliyat olib borishi rejalashtirilgan. 2—5-qavatdagi xonadonlarning har bir kvadrat metri 4,5 million so‘mdan, 6—9-qavatlardagilari esa 4 million so‘mdan sotiladi. Tafsilotlar.

    Semurg Business Invest

    “Sergeli-5” majmuasi.

    “Sergeli-5” majmuasi.
    Foto: “Uybor.uz”
    Kompaniya tomonidan Bektemir tumanida 4 qavatli, 80 ta xonadoni bor “Suvsoz”, Olmazor tumanida 7 qavatli, 56 xonadondan iborat “Qoraqamish-2”, Sergeli tumanida esa 8 qavatli, jami 160 xonadondan iborat “Sergeli-5” majmualari qurilmoqda. “Suvsoz”dagi xonadonlar narxi kelishuv asosida, “Qoraqamish-2”da faqat 6—7-qavatdagi xonadonlar qolgan va ularning 1 kvadrat metri 3 million so‘mdan. “Sergeli-5”dagi xonadonlar narxi esa qavatiga qarab 2,6 million so‘mdan 3,1 million so‘mgacha farqlanadi. Har bir majmuadagi uylar liftlar, bolalar maydonchalari, avtoturargohlar bilan ta’minlangan. Kreditga olish mumkin, qurilish vaqtida xonadon pulini to‘laganlarga chegirmalar taqdim etiladi. Tafsilotlar.

    Murad Buildings

    “Gulsaroy” majmuasi.

    “Gulsaroy” majmuasi.
    Foto: “Uybor.uz”
    Elit turar-joy majmualarini qurish va foydalanishga topshirish bo‘yicha katta tajribaga ega Murad Buildings kompaniyasi hozirgi vaqtda xaridorlarga “Ko‘kcha qo‘rg‘oni” (Shayxontohur tumani), Central (Chilonzor tumani), “Gulsaroy” (Olmazor tumani) va “Amir Temur” (Yunusobod tumani) majmualaridan uy sotib olishni taklif qilmoqda. “Amir Temur” majmuasi qurilishi davom etmoqda, “Novza” metro bekati yaqinida joylashgan Central’da faqat bir necha xonadon o‘z egasini kutmoqda, xolos. “Ko‘kcha qo‘rg‘oni” va “Gulsaroy” majmualaridagi kvartiralarning narxi esa joylashgan qavati va maydoniga qarab farqlanadi — Ko‘kchadagi xonadonlarning bir kvadrat metri narxi 3,6—6,81 million so‘m oralig‘ida bo‘lsa, “Gulsaroy”da 3,57—4,91 million so‘m oralig‘ida. “Ko‘kcha qo‘rg‘oni”dagi eng kichik xonadonning maydoni 77 kvadrat metr (eng kattasi 358 metr kvadrat, “Gulsaroy”dagi eng ko‘p xonali kvartira esa 153 metr metr kvadrat (eng kichigi 55 kvadrat metr). Murad Buildings xonadonlarini qurilish vaqtida ham, qurilish yakunlanganidan keyin ham kreditga olish mumkin. Tafsilotlar.

    Golden House

    “Yettichinor” majmuasi.

    “Yettichinor” majmuasi.
    Foto: “Uybor.uz”

    Mazkur kompaniya Toshkent shahridagi qurilgan va qurilayotgan ob’ektlari soni bo‘yicha yetakchi. “Parkent” bozori yaqinida Parkent Village, Sergeli tumani hokimligi oldida “Yangi Sergeli”, Ahmad Donish ko‘chasi yoqasida “Yettichinor”, Ibn Sino-2 va Jarariq mavzelari yaqinidagi “Beltepa”, Qoratoshdagi “Chaqar” majmualari shular jumlasidan. Yunusoboddagi “Megapolis” va Sebzordagi yangi uylar haqida eshitmaganlar kam topilsa kerak. Kompaniya taklif qilayotgan xonadonlar orasida elit/mahobatlilari ham, hamyonbop/oilaviylari ham bor. Golden House xonadonlarining kvadraturalari va narxlari binolar joylashgan joy, xaridorlar segmenti, yaratilgan sharoit va qo‘shimcha qulayliklariga ko‘ra farqlanadi. Masalan, “Megapolis”da umumiy maydoni 280 kvadrat metr bo‘lgan 5 xonalik kvartiralar bor, “Yangi Sergeli”dagi eng katta — 4 xonalik kvartiralar maydoni esa 100 kvadrat metrni tashkil etadi. Narx-navo, chegirmalar, kreditga olish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalalari haqida aniq ma’lumotlarni esa Golden House maslahatchilariga qo‘ng‘iroq qilib yoki ular bilan uchrashib, olish mumkin. Tafsilotlar.

    “Uybor.uz” sayti yangi inshoot qurish va sotish bilan shug‘ullanuvchi yuqoridagi barcha tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Toshkent shahrida yangi inshootlarda sotilayotgan barcha kvartiralarni ko‘rib chiqish istagida bo‘lsangiz, unda “Uybor.uz”ga o‘tishingizni tavsiya qilamiz.

    Reklama huquqi asosida

    17.02.2016, 10:12   Izoh (0)   184929
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Noqonuniy kirakashlarga qarshi kurash, to‘yiga “O‘zbeknavo”dan ruxsat ololmayotgan Kaniza, Namangandagi zilzila va kunning boshqa muhim yangiliklari

    16.02.2016, 20:11

    Qonunni buzmay taksi haydamoqchiman: litsenziya necha pul, uni qayerdan va necha kunda olaman?

    16.02.2016, 18:09

    Namangan shahrida yerosti silkinishlari sezildi

    16.02.2016, 15:35

    Toshkentda “xususiy” taksichilarga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda

    16.02.2016, 15:20

    Mart oyidan e’tiboran Toshkent va Voronej o‘rtasida samolyotlar ucha boshlaydi

    16.02.2016, 14:12

    Yevroittifoq va O‘zbekiston Xorijiy investitsiyalar va savdo kengashini tuzadi

    16.02.2016, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.