16-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkentda “xususiy” taksichilarga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan “Daryo” taksi faoliyati uchun litsenziya qayerdan, qanday va qachon olinishi haqida savol-javob tayyorladi.
2. Yevropa Ittifoqi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi. Yevropa Ittifoqi Belarusda siyosiy mahbuslar ozod etilganini inobatga oldi.
3. “Ulug‘bek” filmi: Gollivud ko‘rgan rejissor, Mirzo Ulug‘bekni o‘ynagan fransiyalik aktyor, Abdulatifga aylangan Javohir Zokirov. Film qachon ekranlarga chiqishi hozircha noma’lum.
4. Kanizaning “Istiqlol” san’at saroyida to‘y o‘tkazishiga “O‘zbeknavo” ruxsat bermayapti. Lekin kuyov bunga “zo‘rg‘a rozi bo‘lgan”. “Ko‘ndirishim oson kechmadi”, — deydi xonanda.
5. Namangan shahrida yerosti silkinishlari sezildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududida oxirgi marta 14-yanvarda yerosti silkinishi sezilgandi.
Bonusiga: daltonikmisiz-yo‘qmi, tekshirib ko‘ring yoki bo‘lmasa “Ra’no”ni eshiting.
Izoh (0)