Yevropa ittifoqi va O‘zbekiston 2016-yilning birinchi yarmida Xorijiy investitsiyalar va savdo kengashini tashkil qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Yuriy Shterkka tayanib.
Yevroittifoq elchisi ta’kidlashicha, bunday kengashning yaratilishi O‘zbekiston va YeIning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish imkonini beradi.
“G‘oya moslashuvchan formatni yaratishdan iborat, uning doirasida muayyan muammoli masalalarni, O‘zbekistondagi biznes-iqlimni yaxshilash bo‘yicha takliflarni, o‘zbek biznesiga YeI mamlakatlarida to‘siq bo‘layotgan masalalarni muhokama qilish mumkin bo‘lishi kerak”, — dedi Shterk.
YeI delegatsiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, tuzilma nomi hozircha shartli bo‘lib, hali o‘zgarishi mumkin.
Izoh (0)