AQShning Ogayo shtatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 5 kishi nobud bo‘ldi. Deyton shahar patrul-post xizmatining ma’lum qilishicha, avtohalokat mast haydovchi aybi bilan sodir bo‘lgan, deya xabar beradi “TASS”.
Xizmat vakillarining bildirishicha, yengil mashina haydovchisi noto‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilib, katta tezlikda yo‘ltanlamas avtomobilga kelib urilgan. Hodisa aybdori va ikkinchi mashinada bo‘lgan to‘rt nafar yigit halok bo‘lgan.
Politsiya yengil avtomobil haydovchisi qattiq mast holatda bo‘lgan, deb hisoblamoqda. Ikki kun avval ham u aynan shunday qilmishi uchun qo‘lga olingan, biroq sudga qadar garov evaziga qo‘yib yuborilgandi.
Izoh (0)