Xitoyning internet-savdoga ixtisoslashgan Alibaba Group kompaniyasi jamoaviy chegirmalar servisi — Groupon’ning 33 million dona aksiyasini sotib oldi, deya xabar beradi “RBK”.
Keyingi to‘rt yil mobaynida servis aksiyalari 86 foizga arzonlagandi, biroq oxirgi savdo kuni narx birdaniga 29 foizga ko‘tarildi. Mazkur xarid tufayli Alibaba 5,6% ulush bilan saytning to‘rtinchi o‘rindagi aksiyadoriga aylandi. Shuningdek, kompaniya Jet.com chakana savdo onlayn-servisi va LYFT avtomobillar buyurtmasi servisida ham ulushlarga ega bo‘ldi.
Izoh (0)