Saudiya Arabistoni Suriyada quruqlikdagi operatsiyalarda ishtirok etish ehtimolini nazarda tutib, Turkiyaning Injirlik bazasiga qo‘shinlari va qiruvchi samolyotlarini jo‘natadi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Saudiya Arabistoni IShIDga qarshi turish borasida qat’iyligi va samolyotlar hamda qo‘shinlar yuborishga tayyor ekanligini bildirdi. Koalitsiyaning har bir yig‘ilishida IShIDga qarshi kurashning natijaga qaratilgan keng ko‘lamli strategiyasi ishlab chiqilishi lozimligini aytganmiz. Agar shunday strategiyaga ega bo‘lganimizda, Turkiya va Saudiya Arabistoni quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkin bo‘lardi”, — deya ta’kidlagan vazir.
Izoh (0)