Rossiyaning Kaliningrad shahri aholisi o‘rta asrlarga xos Uzun kolbasa bayramini nishonlamoqda, deb yozadi “TASS”. An’ana 1520-yilda Kyonigsberg (hozirgi Kaliningrad)da paydo bo‘lgan.
Bayramda mehmonlar og‘irligi 320 kg, uzunligi 300 metrga teng kolbasa bilan siylandi. Usta pazandalar ta’kidlashicha, u maxsus retseptlar bo‘yicha tayyorlangan bo‘lib, ularning siri oshkor etilmayapti.
Kolbasani pishirishda 300 kg cho‘chqa go‘shtidan foydalanilgan. Uni maxsus sixda ko‘mir cho‘g‘ida pishirishgan.
Bayramga kelgan tashrifchilarning aniq soni noma’lum, biroq taxminan 10 ming kishi kelgani aytilmoqda.
Izoh (0)