Qutqaruvchilar halok bo‘lgan alpinist jasadini olib tushish uchun 11-fevral, payshanba kuni Elbrusga yo‘l oldi. Bu haqda Rossiya FVV Elbrus qidiruv-qutqaruv otryadi tezkor navbatchisi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Dengiz sathidan 4800 metr balandlikda, taxminan Pastuxov qoyalari hududida alpinist halok bo‘lgan. Uning jasadini olib tushish uchun 11 nafar qutqaruvchi yuborildi”, — deya ta’kidlagan navbatchi.
FVVning Kabardin-Balkariya respublikasi bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Kantemir Berovning bildirishicha, noma’lum erkak jasadi shu hududdan o‘tib ketayotgan guruh tomonidan aniqlangan va bu haqda qutqaruv otryadiga xabar berilgan.
Izoh (0)