Qutqaruvchilar Tayvandagi 17 qavatli bino vayronalari ostidan yana ikki kishining jasadini topdi va 6-fevralda yuz bergan zilzila qurbonlarining umumiy soni 62 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Oldinroq 60 kishining halok bo‘lgani va 559 kishining jabrlangani xabar berilgandi.
Qutqaruvchilar ko‘p qavatli bino uyumlari ostidan tirik qolganlarni topishning imkoni bo‘lmayotganini ma’lum qilgandi. Ammo shunga qaramay, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Tayvan prokuraturasi 17 qavatli uyni qurgan Golden Dragon Building firmasi vakillarini ehtiyotsizlik tufayli o‘limga sabab bo‘lishda gumon qilib, hibsga oldi.
Izoh (0)