Saudiya Arabistonidagi ta’lim boshqarmasi binosida qurolli shaxs o‘t ochdi, natijada muassasaning olti xodimi halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK” Saudiya ichki ishlar vazirligi vakiliga tayanib.
Hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Jizan provinsiyasida yuz berdi. Vakil so‘zlariga ko‘ra, hukumat ushbu hujumni jinoiy deb topdi. Yovuz niyatli kishi hibsga olindi.
Hujum natijasida yana ikki kishi yaralandi.
BBC saudiyalik mansabdorlarga tayanib ma’lum qilishicha, hujum uyushtirgan kishi o‘qituvchi, qurbonlar esa uning hamkasblari bo‘lgan.
Izoh (0)