Shifokorlar Finlyandiya hududida Zika virusi bilan kasallangan ikki kishini aniqladi, deya xabar bermoqda “RBK” Salomatlik va aholini ijtimoiy himoya qilish milliy institutiga tayanib.
Institut katta ilmiy xodimi aytishicha, birinchi bunday holat o‘tgan yil yozida aniqlangan, o‘shanda Braziliyada kasallikning birinchi avji qayd etilgan edi.
Zika virusini yuqtirgan ikkinchi kishi esa yaqinda aniqlangan. Har ikkala bemor ham Finlyandiyaga Janubiy Amerikadan kelgani aytilmoqda, boshqa tafsilotlar esa ma’lum qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)