Dog‘istonda cho‘chqa grippi (H1N1) bilan kasallangan kishilar soni 108 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Iste’molchilar huquqini himoya qilish va inson salomatligi sohasini nazorat qilish federal xizmati (“Rospotrebnadzor”)ning respublika bo‘yicha matbuot xizmati boshlig‘i Leyla Tagirova ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Epidemiya mavsumi boshlangandan (2015-yil sentabr) beri grippning H1N1 virusi bilan kasallanishning 108 ta holati qayd etildi”, — dedi Leyla Tagirova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1—7-fevral kunlari 205 nafar bemor tekshiruvdan o‘tkazilgan, ulardan olti nafarida H1N1 virusi aniqlangan. Cho‘chqa grippi Dog‘istonda birinchi marta noyabr oyining oxirida aniqlangandi. Hozirgacha respublikada cho‘chqa grippidan besh kishi vafot etdi. Ulardan hech biri emlanmagan edi.
Izoh (0)